00:00 / 23.07.2016
5949
Myunxendagi otishma qurbonlari soni 6 nafarga yetdi

Myunxendagi savdo markazidagi otishmada halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetdi. Bu haqida TASS xabar berdi. 

Politsiya xodimlarining ma'lumotlariga ko‘ra, savdo markaziga uyushtirilgan hujumda 3 kishi ishtirok etgan.

22 iyul, juma kuni kechqurun Myunxen savdo markazida noma'lum kimsa tomonidan o‘q uzilgan. Dastlab OAV 15 nafar kishining halok bo‘lganligi to‘g‘risida xabar qilgandi. 

Politsiya butun shahar bo‘ylab maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Transportlarning harakati to‘xtatilgan, shu jumladan, metro harakati ham. 

 

Mavzuga oid
Top