15:39 / 23.07.2016
12526
Obama Myunxen fojiasi haqida so‘zlab turib, “otasini tark etayotgan farzandlar” haqida so‘z ochdi

AQSh prezidenti Barak Obama Myunxendagi otishmaga munosabat bildirar ekan, kutilmaganda mavzuni boshqa tomonga burib ketdi va bu bilan muxbirlarning kayfiyatini ko‘tardi. Bu haqida Rambler xabar berdi.

 “Biz u yerda nimalar sodir bo‘layotganini aniq bilmaymiz, lekin biz qalban vaziyat qurbonlari bilan birgamiz”, - dedi Obama. 

Prezident AQSh Germaniyaga “o‘zining eng yaqin ittifoqdoshlaridan biri” sifatida har tomonlama yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. Shuningdek u Myunxendagi fojia “bizning hayot tarzimiz, erkinligimiz”ning  xavf ostida ekanligini eslatib qo‘yganini aytdi. Shu payt birdan “otasini tark etayotgan” ulg‘ayib borayotgan farzandlar to‘g‘risida gapira ketdi. Manbaga ko‘ra, bu bilan u o‘zining to‘ng‘ich qizi Maliyaga ishora qilgan.  

 “Kechirasiz, men buni o‘zimga juda yaqin oldim chog‘i. Haddan tashqari yaqin”, - dedi prezident jurnalistlar kulgisi ostida. 

Biroz chekinishdan so‘ng Obama Myunxen mavzusiga qaytdi va “vaziyat qanday tus olishidan qat'i nazar, huquq-tartibot organlari xodimlarining o‘z hayotini garovga qo‘yib,  xavfsizligimizni saqlashdagi harakatlarini” yuqori baholadi. 

Top