21:10 / 25.07.2016
14120

Qo‘lbola Porsche’da yurgan xitoylik politsiya tomonidan jarimaga tortildi

Xitoyning Chjuxay shahri politsiyasi shahar bo‘ylab ro‘yxatdan o‘tmagan transport vositasi – Porsche emblemasiga ega qo‘lbola "rodster"da yurgan mahalliy fuqaroni jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda CarNewsChina. Jarima qiymati 4500 yuanni tashkil qildi.

Bundan tashqari, politsiya fuqaroning haydovchilik guvohnomasidagi 12 balldan 6 balini olib tashladi. 34 yoshli haydovchi qo‘lbola mashinani 200 santimetr kub hajmdagi mototsikl dvigateli atrofidagi kuzov ko‘rinishida yasagan

.

Top