17:33 / 30.07.2016
4758

AQShdagi ziyofatda ro‘y bergan otishma natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Vashington shtati Mukilteo shahridagi ziyofatda otishma sodir bo‘ldi, buning natijasida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida shahar ma'muriyati o‘zining tvitterida ma'lum qildi. 

"Bizga 3 kishining halok bo‘lgani va 1 kishining shifoxonaga yotqizilgani haqida ma'lum qilishdi, olingan jarohatlarning qay darajada ekanligini hozircha noma'lum", - deyiladi ma'muriyat xabarida. 

Manbaga ko‘ra, gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan va hozirda u politsiya mahkamasida.

Mavzuga oid
Top