17:55 / 12.08.2016
9536

Hindistonlik o‘smirlar selfi olaman deb to‘lqinlar ostida qolib ketdi

Hindistonda to‘rt nafar o‘smir dengizda selfi qilish vaqtida to‘lqinlar ostida qoldi. Bu haqda 12 avgust kuni Nai Dunia portali xabar bermoqda.

Voqea Maxarashtra shtatida yuz bergan. Yetti nafardan iborat o‘smirlar guruhi Arab dengizi sohillarida dam olishayotgan bo‘lgan. Ana shunda ular birgalikda suratga tushishga ahd qilishadi. Bo‘ron bo‘layotganiga qaramay, suvga tushib, bir necha kadr olishga muvaffaq bo‘lishadi. Ammo oralaridan to‘rt nafari bu bilan qanoatlanmaydi va sohildan uzoqroqqa borishga qaror qilishadi. Ana shunda ularning bari to‘lqinlar ostida qolib ketadi.

15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni qidirish ishlari omadsiz yakunlangan.

Top