15:47 / 26.08.2016
11949

Oliy xo‘jalik sudining yangi sudyasi saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartish kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Senatning «O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik cudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Davletova Karomatjon Xudayberganovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyasi etib saylandi.

Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Top