2023 yilning ötgan olti oyida sudyalar faoliyatiga aralaşiş, ularning daxlsizligiga ta’sir ötkazişga uriniş holatlari böyiça Sudyalar oliy kengaşi raisi tomonidan Boş prokuraturaga 3 ta taqdimnoma kiritilgan. Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda Sudyalar oliy kengaşi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, Boş prokuraturaga kiritilgan taqdimnomalar asosida 1 ta holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan, 2 ta holat esa örganilmoqda.

“Tizimda korrupsiya holatlarining oldini oliş va sudyalar daxlsizligini ta’minlaş ham Sudyalar oliy kengaşining asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Kengaş sudyalar hamjamiyatining organi bölib, Özbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilişini ta’minlaşga kömaklaşadi.

Sudyalar oliy kengaşi taşabbusi bilan sudyaning mustaqilligi va daxlsizligi, sud işlariga aralaşganlik uçun javobgarlik asoslari, şuningdek, sudlarda davlat bojini belgilaş va undiriş masalalariga oid huquqiy qöllanmalar tayyorlanib, ularning elektron şakllari Kengaş veb-saytiga joylantirildi”, deydi Tursunali Akbarov.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda odil sudlovga aralaşiş bilan boğliq 4 ta holat böyiça xizmat tekşiruvlari ötkazilib, aniqlangan holatlar böyiça Sudyalar oliy kengaşi raisi tomonidan Boş prokurorga kiritilgan taqdimnomalar asosida aybdor şaxslarga nisbatan 2 ta jinoyat işi va 2 ta ma’muriy iş qözğatilgani ma’lum qilingandi.