01:14 / 03.09.2016
13997

Gruziya Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

Arxiv surat

Gruziya davlat rahbari Georgiy Margvelashvili O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 

"O‘zbekiston Prezidenti janob Islom Karimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziyamni izhor qilaman. Janob Islom Karimov eng qiyin davrda mamlakatni boshqarib, O‘zbekiston uning yetakchiligida sezilarli taraqqiyot va farovonlikka  erishdi. Prezident oilasi va O‘zbekiston xalqiga Gruziya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan hamdardlik bildiraman. Ishonamanki, Islom Karimov nomi tarixda o‘zining munosib o‘rnini egallaydi", — deyiladi prezidentning rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda.
 

Top