Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Oliy Majlis Senati a’zosi, fan arbobi Behzod Yöldoşev 28 avgust kuni vafot etgan edi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun ta’ziyali xonadonga taşrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, duo öqildi.
Davlat rahbari marhumning ezgu işlarini, Vatan oldidagi xizmatlarini yodga oldi.


Behzod Yöldoşev 1945 yil 9 mayda Toşkent şahrida tuğilgan. Mehnat faoliyatini 1968 yilda Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti stajyor-tadqiqotçisi sifatida boşlagan. Yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan olim Yadro fizikasi instituti direktori, Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimlarida özining yuksak ilmiy va taşkilotçilik salohiyatini namoyon etgan. Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş, ilmiy natijalarni iqtisodiyot tarmoqlarida qöllaş işlariga munosib hissa qöşgan. U Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikda va universitetlarda işlagan, köplab yirik loyihalarga rahbarlik qilgan.
Behzod Yöldoşev Oliy Majlis deputati, keyingi vaqtda Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida samarali faoliyat olib borib, qonun loyihalarini işlab çiqiş va qabul qilişda fidoyilik körsatgan.
Akademik Behzod Yöldoşev “Özbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Fidokorona xizmatlari uçun” va “Mehnat şuhrati” ordenlari, Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan fan arbobi” unvoni bilan mukofotlangan.
Davlat rahbari marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi. Ular taşrifi va dalda sözlari uçun prezidentga minnatdorlik bildirdi.













