14:36 / 14.09.2016
7766

«Borussiya» «Siti»ni yengib, «MYu»ga minnatdorchiligini izhor etmoqchi

Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasi «Manchester Yunayted»ga YeChLning guruh bosqichi «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan uchrashuv arafasida minnatdorchilik bildirdi.

«Manchester Yunayted»ga ular bizga mashg‘ulot uchun maydondan foydalanib turish imkoniyatini taqdim etgani uchun rahmat.

Biz «Siti»ni yengib, o‘z minnatdorchiligimizni ifodalashga harakat qilamiz», — deya yozilgan nemislar jamoasining rasmiy tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, 13 sentabr oqshomida o‘tkazilishi belgilangan «Siti» — «Borussiya» bahsi noqulay ob-havo sharoiti tufayli 14 sentabrga ko‘chirildi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Manba: Tribuna.uz

Top