Bugun Angliya çempionatining 5-tur uçraşuvlari davom etmoqda.

Tur doirasidagi uçraşuvlardan birida «MYu» «Uotford» mehmoni böldi va 1:3 hisobidagi mağlubiyat bilan ortga qaytdi.

Öyinning 34 daqiqasida mezbonlar hisobni oçişdi. Bu vaziyatda «MYu» hujumçisi Antoni Marsiyal raqib vakili Migel Britos bilan töqnaşib, töpni yöqotdi. Töpga ega çiqqan uçinçi bir futbolçi Daril Yanmat uni jarima maydonçasiga uzatdi va Eten Kapu hisobni oçdi. Bu uning beşinçi uçraşuvdagi törtinçi goli böldi. Marsiyal esa jarohat olib, maydonni tark etdi va uning örniga Eşli Yang tuşirildi.

Ikkinçi bölimda, 62-daqiqada Reşford hisobni tenglaştirdi - 1:1.

Öyinning 83-daqiqasida Suniga jamoasini oldinga olib çiqdi - 2:1.

Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa öyin hakami Maykl Olliver Marvon Fellayni jarima maydonçasi içida qöpollik qilgan deb topdi va penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlaşgan Troy Dini aniq harakat qilib, hisobni 3:1 körinişiga keltirdi.

Natijada, Joze Mourino şogirdlari qatorasiga uçinçi mağlubiyatni tan olişdi. Şuningdek, bu «MYu» öz tarixida ilk marta «Uotford»ga yutqazişi böldi.

Endilikda mançesterliklar jamoasi 9 oçko bilan oltinçi örinda. «Uotford» esa 7 oçko bilan sakkizinçi örinda.

Uotford – Mançester Yunayted 3:1 
Gollar: 1:0 – 34 Kapu, 1:1 – 62 Reşford, 2:1 – 83 Suniga, 3:1 – 90+4 Dini (penalti)
Uotford – Gomes, Predl, Britos, Xolebas, Ketkart, Kapu (Suniga, 82), Bexrami, Pereyra, Yanmat (Amrabat, 51), Dini, Igalo.
Mançester Yunayted –    De Xea, Smolling, Bayi, Şou (Depay, 85), Valensiya (Mata, 62), Fellayni, Pogba, Reşford, Marsyal (Yang, 38), Runi, Ibragimoviç.
Ogohlantirişlar: Pogba (75), Britos (77), Xolebas (77), Dini (86).