13:48 / 22.09.2016
6648

IShID Iroqda kimyoviy qurol ishlatishda gumon qilinmoqda

AQSh IShID terrorchi guruhining Iroqdagi Amerika kuchlariga iprit gazini qo‘llab hujum qilishiga oid xabarlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi, deyiladi Pentagon bayonotida. 

Hujum 20 sentabr kuni amalga oshirilgan bo‘lib, Iroq shimolidagi mamlakat HHK bazasi IShID jangarilari nishoniga aylangan. Ushbu aviabazada bir necha yuz amerikalik harbiylar joylashtirilgan. Jangarilar bazaga raketa yoki snaryad uchirgan, biroq u binoga bir necha yuz metr yetmay portlagan. 

"Aslaha bo‘laklarini dastlabki tekshirish natijalari, unda zaharli iprit gazi bo‘lganini tasdiqlagan", - deya so‘z yuritilgan Pentagon ma'muriyati. 

Amerika tomoni ta'kidlashicha, mazkur hujum oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar kimyoviy xuruj bo‘lgan taqdirda foydalanishlari uchun maxsus jihozlarga ega. 
 

Top