14:55 / 25.09.2016
14756

Hindiston avtomobilsozlik rivojlangan mamlakatlar beshligida Janubiy Koreya o‘rnini "tortib oldi"

Janubiy Koreya keyingi 12 yil ichida ilk marta avtomobilsozlik eng ko‘p darajada rivojlangan davlatlar beshligidan tushib qoldi, reytingda bu o‘rinni Hindiston egallab oldi. Bu haqda "Yonhap" agentligi xabar tarqatgan.

Koreya respublikasida 2016 yilning 7 oyida 2,55 million dona avtomobil ishlab chiqarilgan, bu vaqtda esa Hindistonning natijasi 2,57 million dona avtomobilga teng. Avgust oyida Koreyadagi zavodlarda 217 mingta avtomobil yig‘ilgan, Hindistonda 387,7 ming.

Taqqoslash uchun, Janubiy Koreya 2015 yilda 4,55 million dona, Hindiston esa 4,12 million dona avtomobil ishlab chiqargandi.

2002 yilda ham Janubiy Koreya beshlikdagi o‘rnini yo‘qotgan va 3 yildan keyingina bu o‘rnini qaytarib olgandi.

Top