10:17 / 02.10.2016
9867

AQShlik politsiyachilar 18 yoshli o‘smirni otib tashlashdi

AQShda xalq g‘azabi va politsiya o‘zboshimchaligiga qarshi ommaviy namoyishlarga yangi sabab topildi: Los-Anjyeles politsiyachilari uzoq davom etgan avtomobil taqibidan keyin 18 yoshli o‘smirni otib tashlashdi, deb xabar bermoqda Daily News.

Politsiyachilar o‘g‘irlab ketilgan mashinani taqib qilishayotganda gumonlanuvchi ulardan ancha uzoqlashib ketishga muvaffaq bo‘lgan va qandaydir onda avtomobildan sakrab tushib, hovlilar orqali qocha boshlagan. Biroq politsiyachilar unga yetib olib, uni o‘qqa tutishgan.

Voqea joyida darg‘azab shaharliklar yig‘ilib, qotillikdan norozilik bildira boshlashgan. O‘sha yerda o‘smirning bag‘ri xun onasi ham paydo bo‘lib, "politsiyachilardan farzandi jasadini ko‘rsatishni iltijo qilgan".

Politsiyachilarning aytishicha, o‘smir qurollangan bo‘lgan, uning yonidan to‘pponcha topilgan. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.

Qayd qilish joizki, amerikalik politsiyachilar tez-tez hech qanday sababsiz gumonlanuvchilarni o‘qqa tutadilar. Oxirgi shunday voqealardan biri Shimoliy Karolinada sodir bo‘lgan, unda politsiyachilar qurolsiz bo‘lgan qora tanli yigitni otib tashlashgan.

Top