12:20 / 05.10.2016
5669

NATO Suriya va Iroqda quruqlikdagi amaliyotlarda ishtirok etmaydi

Foto: TASS

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildiki, alyans Suriya va Iroqda quruqlikdagi harbiy amaliyotlarda qatnashmaydi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

U bu haqida Afg‘onistonga donorlik yordami ko‘rsatishga bag‘ishlangan konferensiya vaqtida aytib o‘tgan.

«NATO quruqlikdagi harbiy harakatlarga qo‘shilmaydi. Biz Iroq armiyasi uchun ofitserlar tayyorlab beramiz va Suriyaga yaqin vaqtlar ichida AWACS samolyotlari yuboramiz», — deya ma'lum qilgan Stoltenberg.

Bundan oldingi xabarlarda, NATO Suriyaga AWACS rusumli razvedkachi-samolyotlar jo‘natishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top