00:18 / 15.10.2016
10431

AQSh aviakompaniyalari samolyotlarida antiqa qutilar paydo bo‘ldi

Foto: abcnews

AQShning uchta aviakompaniyasi samolyotlari bortida elektron qurilmalarning yonib ketishi holati uchun maxsus qutilar joylashtira boshlandi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Ta'kidlanishicha, bunday qutilar Delta, Virgin America va Alaska Airlines aviakompaniyalarining ba'zi xalqaro reyslarida paydo bo‘ldi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, zarg‘aldoq rangdagi bu qutilar qo‘lqoplar bilan ta'minlangan.

Telekanal aeroport o‘t o‘chirish xizmati xodimi ushbu qutini sinovdan o‘tkazganini namoyish qildi. U qutiga qurilmani solib, uni portlatib yuborgan. Sinov muvaffaqiyatli o‘tgan va quti portlashdan atrofga tarqaladigan siniqlar va yonishdan hosil bo‘ladigan zaharli mahsulotlarning tarqalishidan himoyalashi mumkinligini ko‘rsatgan. 

Sentyabrda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘z mijozlaridan portlashi mumkin bo‘lgan Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlatmaslikni va ularni darhol topshirishni iltimos qilgan. Shuningdek, bu qurilmalar egalariga maxsus olovbardosh qutilar va qo‘lqoplar yuborilgani ma'lum qilingan. 

 

Top