Kaliforniya Bosh prokuraturasi Wells Fargo bankiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Bank mijozlar roziligisiz 2 millionta noqonuniy hisob raqami ochganlikda ayblanmoqda.
Kaliforniya Bosh prokurori Kamala Harris moliya muassasasiga tegishli hujjatlarni hibsga olish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bankning bundanham og‘ir jinoyatlarga aloqadorligini taxmin qilish uchun sabablar yetarli.
Avvalroq, Wells Fargo bosh direktori Jon Stampf o‘z lavozimidan iste'fo berishini e'lon qilgan edi.