11:01 / 20.10.2016
8329

Fransua Olland: Halabni bombardimon qilish harbiy jinoyat

Foto: Reuters

Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinni Halabni bombardimonida e'lon qilingan "gumanitar tanaffus"ni uzaytirishga chaqirdi. 

"Bir necha soatlik to‘xtalishdan ma'no yo‘q", - degan Fransiya prezidenti Merkel va Putin bilan muloqotida. 

Fransiya va Germaniya yetakchilari Berlinda Vladimir Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishgani xususida avval xabar berilgan edi. 

Germaniya kansleri Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralarni "qiyin" deb baholagan bo‘lsa, Olland, Merkel va Putin bilan uchrashuvidan so‘ng, Halabga berilayotgan havo zarbalarni harbiy jinoyat deb atadi. 

"Halabda sodir bo‘layotgan narsalar – bu harbiy jinoyatdir. Asosiy talablarimizdan biri – Halabni tuzum va ittifoqchilari tomonidan bombardimon qilishga barham berishdir", - degan Olland.

Angela Merkel, o‘z navbatida, bombardimonlarni "noinsoniy va berahm" harakatlar deb ta'kidlagan. 

Top