Toşkent şahar IIBB xabariga köra, Sirojiddin Şokirov 1997 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 2014 yilda Suriyadagi terrorçilar safiga qöşilgan.
2015 yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va qidiruv e’lon qilingan.
U Qozoğiston orqali Turkiyaga borgan. U yerdan yaşirin yöllar orqali Suriyaga ötgan va IŞIDga qöşilgan, uning tarkibida amaliy öquv maşğulotlarini ötagan. Jangarilik harakatlarida qatnaşib vafot etgan.
"Hurmatli ota-onalar, farzandingizni aslo e’tiborsiz qoldirmang, ijtimoiy tarmoqlar orqali kimlar bilan aloqada bölişini, qaysi sahifalarni kuzatib borişini doimo nazorat qiling! Ogoh böling, farzandingiz yot ğoyalar ta’siriga tuşib qolişiga yöl qöymang!" - deyiladi IIBB ma’lumotida.












