Eronning Damaşqdagi elçisi bergan ma’lumotga köra, zarba oqibatida 13 kişi, jumladan Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi hamda olti nafar suriyalik halok bölgan.

Qurbonlar orasida — brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy ham bor, u korpusning xorijdagi amaliyotlarga mas’ul bölgan «Quds» maxsus bölinmasidagi muhim şaxs bölgan.

Eron va Suriya hujumda Isroilni ayblagan, isroilliklar esa izoh berişdan tiyilmoqda.

«Bu nafaqat Eron davlatining öziga, balki Inqilob gvardiyasining Livandagi „Hizbulloh“ hamda Suriyaga qurollar va texnologiyalar yetkazib berişni muvofiqlaştiriş bilan şuğullanuvçi „Quds“ kuçlari rahbariyatiga katta yöqotiş olib kelgan hujum böldi », — degan London iqtisodiyot maktabida (LSE) xalqaro munosabatlar böyiça professor Favaz Gerges.

Mazkur hujum Eron hukumatidagi yuqori martabali şaxslarning ğazabli reaksiyasini keltirib çiqardi, ular Isroilning harakatlarini javobsiz qoldirmaslikka va’da berişgan.

«Biz ularni bu jinoyatni sodir etgani va şu kabi harakatlarga yöl qöygani uçun afsuslantiramiz», — degan Eron oliy rahnamosi Ali Xominaiy.

Prezident Ibrohim Raisiy hujumni «javobsiz qolmaydigan noinsoniy, tajovuzkorlik va jirkanç akt» deb atagan, Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir-Abdulohiyon suriyalik hamkasbi bilan telefon muloqotida hujumni barça xalqaro majburiyatlar va konvensiyalarning buzilişi deb atadi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy seşanba kuni sönggi hujum javobsiz qolmasligiga va’da berdi

Taşqi işlarvazirligi saytidagi xabarda Amir-Abdullohiyon Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu «butkul ruhiy muvozanatni yöqotgani»ni aytgan.

Bunday munosabatlar Ğazodagi uruş fonida Isroil hamda Eronning ittifoqçilari örtasidagi keskinlik yanada kuçayişi borasidagi xavotirlarni uyğotgan. Ammo, BBC bilan suhbatlaşgan ekspertlar bugungi kunda Eronning javob qaytariş imkoniyatlari çeklanganini aytişgan.

«Eron öz harbiy salohiyati, iqtisodiy va siyosiy holatini inobatga olgan holda Isroil bilan katta töqnaşuvga qodir emas, — deb hisoblaydi Yaqin Şarq masalalari böyiça tahlilçi Ali Sadrzoda. — Ammo u içki auditoriya hamda mintaqadagi ittifoqçilar orasidagi obrösini himoya qiliş uçun javob öylab topişi kerak böladi».