07:39 / 21.10.2016
10962

Suriya harbiylari Turkiya harbiy samolyotlarini urib tushirishdan ogohlantirdilar

Foto:szaopressa.com

Suriyalik harbiylar Turkiya harbiy-havo kuchlarining Suriya havo hududini buzadigan barcha samolyotlarini urib tushirishlarini aytdilar. Gap shundaki, Damashqning fikricha, aynan Anqara "aviazarbalar oqibatida Hassajak, Vardiya va Hasya qishloqlarida halok bo‘lgan 150 fuqaroning qotilligi uchun javobgardir".

Suriya mudofaa vazirligi saytida chop etilgan bayonotda hukumat qo‘shinlari turk samolyotlarini mumkin bo‘lgan barcha vositalar bilan urib tushirish niyatidaligi aytilgan. 

 

Top