8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

10:56 / 25.10.2016 5213

Venger «Arsenal» aksionerlariga: 20 yillik qiynoqlar uchun uzr

Foto: VVS

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger klub aksionerlarining ochiq yig‘ilishida ishtirok etdi va hazilomuz tarzda unga 20 yil davomida chidab kelishayotgani uchun hissadorlardan uzr so‘radi.

«Ha, 20 yil o‘tdi. Siz meni kechirarsiz. Sizga men keltirgan azobli daqiqalarning har biri uchun uzr so‘rashni istardim. Lekin sizlar 20 yil azob chekkan odamlarga ham o‘xshamayapsizlar (kuladi).

Shunga afsuslanamanki, 20 yil oldin dunyoga kelgan bola umr bo‘yi „Arsenal“da faqat bir murabbiyni ko‘rdi. Ularni ishontirib aytamanki, ular 40 yoshga chiqqunlaricha bu jamoada boshqa murabbiylarni ham ko‘rishadi», — deya Vengerning so‘zlarini keltirgan Football365.

Top