Yakşanba kuni APLdagi çempionlik poygasi iştirokçilari uçun asabiy kun böldi: «Arsenal» «Tottenhem», «Mançester Siti» «Nottinghem»ning mehmoni böldi. Va ikkisi ham qiynalişdi.

«Arsenal» Şimoliy London derbisida ustun keldi: yana standart vaziyatlar hal qildi

«Tottenhem» — «Arsenal» 2:3
Gollar: Romero (64), Son (87, penalti) — Hyoyberg (15, avtogol), Saka (27), Haverts (38). 
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Devis (Lo Çelso, 88), Hyoyberg (Bissuma, 64), Meddison (Rişarlison, 64), Bentankur (Sarr, 46), Kulusevski, Son, Verner (Jonson, 31).
«Arsenal» – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Tomiyasu,Parti, Edegor (Kivior, 89), Rays, Haverts, Trossar (Martinelli, 63), Saka.
Ogohlantirişlar: Kulusevski (77), Devis (81), Parti (83).

Birinçi bölimda «Arsenal» taşabbusni berib öynadi – töp öyin vaqtining atigi 30 foiz qismida mehmonlarda böldi – ammo «Tottenhem»ni xatolar uçun jazoladi. Birinçi burçak zarbasidayoq Piyer-Emil Heyberg avtogol muallifiga aylandi.

Ikkinçi gol esa «şporlar» Deyan Kulusevski va Jyeyms Meddison raqib jarima maydoni içida yiqilişi tufayli penalti söraş bilan ovora bölib qolganida röy berdi – bu vaqtda Bukayo Saka Havertsning uzatmasi bilan qarşi hujumga çiqib ketib, Ben Devisni ortda qoldirdi va töpni olis burçakka yumalatib yubordi.

Uçinçi gol – va yana burçak zarbasi. Bu safar Heybergning xizmatlariga ehtiyoj sezilmadi – Deklan Rays töpni oşirib berdi, Kay Haverts uni darvozaga kiritdi.

Bu hisob öyin xarakterini özida aks ettirmasdi: «Tottenhem» Arteta jamoasini kuçli bosim ostida qoldirdi va töpsiz qoldirdi – birinçi bölimdagi öyin uçun 0:3 hisobi mos emasdi, ammo «şporlar» darvoza sohasiga aniq borgan ikkita zarbadan uçta gol ötkazişni uddalaşdi.

Ammo «Arsenal»ning standart vaziyatlariga çora topib bölmayapti. «Kanonirlar» APLning bu mavsumida burçak zarbalaridan keyin urgan gollar soni allaqaçon 16 taga yetdi. Premer-ligada oxirgi bor Toni Pyulis boşqaruvidagi «Vest Bromviç» 2016/17 yillar mavsumida burçak zarbasidan bu qadar köp gol urgandi – öşanda ham 16 gol bölgan, ammo 38 turdan keyin.

Tanaffusdan keyin Saka hisobni 4:0 körinişiga keltirişi kerak edi, ammo Vikario uning yaqin masofadan yöllagan zarbasini oyoqlari bilan tösib qoldi.