11:05 / 07.11.2016
8111

NATO Rossiya «agressiya»si sabab xavfsizligini kuchaytirmoqda

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning bayonot berishicha, alyans harbiy qismlarining bir qismini xizmat o‘tashning kuchaytirilgan tartibiga o‘tkazadi. Bu choralar Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan faollikka javob tariqasida qo‘llaniladi, deya ta'kidlagan Stoltenberg Britaniyaning The Times gazetasiga.

«Biz, Rossiya NATOning Yevropadagi a'zolari orasida tashviqotini qo‘llayotganiga guvoh bo‘ldik. Alyans aynan shu sababli qarshi choralar ko‘rmoqda, - degan Stoltenberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bir necha yillar mobaynida harbiy qudratini kuchaytirib, «ko‘pgina sohalarda serharakat bo‘lib borayapti». Bunga, NATO bosh kotibining aytishicha, alyans sovuq urushi davridan beri ilk marotaba kollektiv xavfsizligini kuchaytirish bilan javob bermoqda. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Rossiya va alyans o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qolish muhimdir. 

Mavzuga oid
Top