Twitter foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoq faoliyatida ro‘y bergan navbatdagi uzilishlardan norozi bo‘lishmoqda.
Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 10:55dan boshlab 15 daqiqa davomida sayt umuman ishlamadi.
21 oktabr kuni ham foydalanuvchilar ikki soat mobaynida Twitter servislariga kira olishmagandi.
Dyn kompaniyasining DNS-serverlariga uyushtirilgan DDos-hujum bunga sabab bo‘lgandi.