Fan-texnika | 11:30 / 01.09.2023
53676
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter'da qo‘ng‘iroq qilish funksiyasi paydo bo‘ladi

Endilikda X deb atalayotgan Twitter ijtimoiy tarmog‘ida qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu haqda kompaniya xo‘jayini Ilon Mask o‘z sahifasida yozib qoldirdi.

Foto: Getty Images

«X'ga video hamda audio qo‘ng‘iroqlar kirib kelmoqda. Xizmat iOS, Android, Mac va PC uchun ishlaydi. X global manzillar kitobiga aylanmoqda. Unikal to‘plam», deb yozdi Mask o‘z sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Twitter orqali qo‘ng‘iroq qilish uchun telefon raqam kerak bo‘lmaydi.

Avvalroq Twitter'da akkauntni verifikatsiyalash pulli bo‘lgan va yana boshqa qo‘shimcha to‘lov evaziga foydalanish mumkin bo‘lgan yangi funksiyalar paydo bo‘lgandi.

Mavzuga oid