23:05 / 11.11.2016
10737

Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning sobiq elchisi sanktsion ro‘yxatga kiritilishi sababini ma'lum qildi

Foto: © AP

AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol Vashingtonning rossiyaliklarga qarshi viza sanksiyalariga javoban sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi, deb aytdi RIA “Novosti” axborot agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligidagi manba.    

"Faqat Maykl Makfol har doimgidek adashdi: u yozganidek, javob ro‘yxatiga "Obamaga yaqin bo‘lgani" uchun emas, balki ikki tomonlama aloqalarni barbod qilishdagi faol ishtiroki va Rossiyaga qarshi bosimni bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlagani uchun kiritildi", deb aytdi manba.

Manbaning ta'kidlashicha, diplomat sanktsion ro‘yxatdaligini bilgan. 

"Menga Kreml sanksiyalari ro‘yxatida ekanimni tasdiqlashdi va men Rossiyaga bora olmayman", deb yozgandi avvalroq Makfol tvitterda va ro‘yxatga "Obama bilan yaqin aloqalarda bo‘lgani uchun" tushganini ta'kidlab o‘tgan.   

Sobiq elchi 2014 yildayoq Rossiyaga kirishi taqiqlangani mumkinligini aytdi, biroq u bu haqda Rossiyaga viza so‘ragandagina bilgan. 

 

Mavzuga oid
Top