Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) Mixail Mişustin hukumati olişni talab qilayotgan 200-250 milliard rubl miqdoridagi mablağ bilan budjetni töldiriş uçun 2023 yilda Rossiya kompaniyalarining 20 foizlik daromad soliğini 0,5 foiz punktga oşirişni taklif qildi. Bu haqda 8 fevral, çorşanba kuni The Bell xabar berdi.
Uning manbasiga köra, budjetni töldiriş ğoyasi muallifi moliya vaziri Anton Siluanovdir. Uşbu masala böyiça biznes bilan yopiq uçraşuvlarni boş vazirning birinçi örinbosari Andrey Belousov ötkazmoqda, bu haqda The Bell naşriga yana bir manba ma’lum qildi.
Ayni paytda, «Interfaks» xabar berişiça, Belousov jurnalistlarga rasmiylar biznes bilan 2022 yilda olingan foydadan «budjetga bir martalik ixtiyoriy badal»ni muhokama qilayotganini aytdi.
«Ötgan yili moliyaviy natijalar juda yaxşi böldi va köplab kompaniyalarda, ayniqsa yilning birinçi yarmida, birinçi uç çorakda natijalari ijobiy böldi», deydi u. «Hozir bu mavzu muhokama qilinmoqda», — deya qöşimça qildi boş vazir örinbosari. Uning sözlariga köra, gap soliq stavkalarini oşiriş haqida ketmayapti.
Bloomberg agentligining 6 yanvar kuni xabar berişiça, Ukrainaga qarşi uruşga sarflanadigan xarajatlar ortib borayotgani munosabati bilan Rossiya hukumati öğit va kömir qazib oluvçi kompaniyalardan «bir martalik pul» olişga, şuningdek, mudofaadan taşqari xarajatlarni qisqartirişga qaror qilgan.
Agentlik manbalariga köra, Rossiya hukumati davlat kompaniyalari uçun sof foydaning 50 foizidan ortiq miqdorida dividendlar belgilaş niyatida va bu çora doimiy emas, bir martalik bölişi kerak.


















