Jahon | 19:55 / 08.02.2023
12269
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik 191 ming frank bilan ushlandi

Domodedovo aeroportida O‘zbekistondan Shveytsariya franki olib kelgan kontrabandachi qo‘lga olindi.

Foto: TASS

Moskva shahrining Domodedovo aeroportida bojxonachilar O‘zbekiston fuqarosini Shveytsariya franki bilan qo‘lga oldi. Bu haqda Federal bojxona xizmati Lenta nashriga ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchi Turkiyaga uchmoqchi bo‘lgan. U bojxonachilarga bor-yo‘g‘i 10 ming frank olib ketayotganini aytgan. Ammo kurtkasidan 111 ming frank topilgan. Bundan tashqari, boshqa kiyimlarning cho‘ntagidan yana 80 ming frank topilgan. Hammasi bo‘lib, bu taxminan 2,5 mlrd so‘m.

Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda. Erkak to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid