10:25 / 15.11.2016
3881
Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara boshlaydimi?
Foto: AFP

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, tomonlar Yangi yil bayramidan so‘ng muzokaralarga kirishadi.

Xabarda aytilishicha, argentinalik futbolchi rahbariyat klubning boshqa futbolchilari — Luis Suares, Mark-Andre ter Shtegen, Ivan Rakitich va Andres Inesta bilan shartnomalarni uzaytirib bo‘lishini kutmoqda. Bu futbolchilarning shartnomalari kamida 2021 yilgacha uzaytirilishi kutilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, u jamoa yetakchi futbolchilarini saqlab qolishini istaydi. Messining amaldagi shartnomasi 2018 yil yozigacha tuzilgan.

Bundan oldinroq nashrlarda Messi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani va otasi orqali bu niyatini klub rahbariyatiga yetkazmoqchi bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi. 

Keyinroq OAV Messining atrofidagi manbalar bu xabarlarni rad qilgani haqida ma'lumot paydo bo‘ldi.

Top