Prezident imzolagan qonun bilan Özbekiston va Qozoğiston örtasida ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma ratifikatsiya qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Şartnomaning asosiy maqsadi ikki mamlakat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va barqaror iqtisodiy rivojlanişini yanada mustahkamlaşga qaratilgan davlatlararo munosabatlarning yangi bosqiçini şartnoma-huquqiy jihatdan mustahkamlaşdan iborat.
Şartnoma taşqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik, migratsiya, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, transçegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalaniş böyiça qöşma çora-tadbirlarni qabul qiliş, parlamentlar, siyosiy partiyalar va jamoat taşkilotlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş kabi sohalarda yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.
Şartnoma ilovasida davlat rahbarlari boşçilik qiladigan Özbekiston va Qozoğiston oliy davlatlararo kengaşi töğrisidagi nizom keltirilgan.

















