09:53 / 16.11.2016
4472

Nyu-Yorkdagi Trump Organization tomonidan qurilgan uylar qayta nomlandi

© AP Photo/Richard Drew

Nyu-Yorkdagi Trump Organization kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan uch ko‘p qavatli uyda yashovchilar bu binolarning qayta nomlanishiga erishishdi, yangi saylangan prezidentning nomi esa majmualar oldidan olib tashlandi. Bu haqida Bloomberg agentligi ma'lum qildi. 

Gap Manxettendagi uch elita qo‘p qavatli uydan iborat Trump Place nomli majmua haqida ketmoqda. U yerda jami 1,3 mingdan ortiq kvartira mavjud. 

Bundan avval deyarli 600 kishi majmuani qayta nomlashni so‘rab, internet-petitsiyani imzolashgandi. Trump Place'da yashovchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular milliarder sharafiga nomlangan uylarda yashashni istashmaydi. Bu Trampning atrofidagi mojarolar, xususan ayollar haqidagi nojoiz so‘zlari bilan bog‘liq. 

"Odamlarga qayerda yashashimni aytishdan uyalaman", - deydi uzoq yillardan beri ushbu majmuada yashovchi Merjori Jyeykobs. 

Endi binolar o‘z manziliga ko‘ra nomlanadi - Riversayd, 140, 160 va 180-uylar. Trump Organization vitse-prezidenti Amanada Miller, o‘z navbatida, binolarning qayta nomlanish masalasi bir necha yil avval muvofiqlashtirilgani, petitsiya esa bu jarayonni tezlashtirganini ta'kidladi. 
 

Mavzuga oid
Top