AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Trampning farzandlari u tomondan asos solingan Trump Organization kompaniyasi boşqaruvini öz qöllariga olişadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, kompaniyani boşqariş va nazorat qiliş Trampning katta öğillari Erik va Donald hamda katta qizi Ivankaga ötadi. Ayni vaqtda ular kompaniyada vitse-prezidentlar lavozimini egallaşadi.
Trump Organization vakilining aytişiça, boşqaruvning Tramp farzandlariga ötişi "ayni vaqtda kompaniya uçun ustuvor masala" hisoblanadi.
Tramp özining dastlabki davlatini Nyu-Yorkning Bruklin va Kuins tumanlarida Ikkinçi jahon uruşidan avval arzon uylar qurişni boşlagan otasidan meros sifatida olgan. Tramp bu yönalişni özgartirib, butun dunyo böylab qimmatbaho idoralar, kazino, mehmonxonalar va golf-klublar qurişni boşlagan. Tramp quriliş imperiyasining flagmani Manxetten markazidagi Trump Tower osmonöpar binosi hisoblanadi. Bu yerda uning kompaniyasi boş qarorgohi joylaşgan.












