AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp saylovlardan keyingi ilk kunlarda özining bir neça kompaniyasini yopgan. Ular orasida Saudiya Arabiston bilan boğliq bölgan 4ta kompaniya ham bor, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Ta'kidlanişiça, Tramp AQŞ prezidentligi davrida jiddiy kelişmovçilikka bormaslik uçun şunday çoraga qöl urgan. 

Trump Organization kompaniyasi boş huquqşunosi Alan Garten kompaniyalar yopilganini tasdiqlab, buni «muntazam tozalaş» işlari deb atagan. Şu bilan birga, Trampning Saudiya Arabistoni bilan boğliq heç qanday biznesi yöqligini aytgan. 

Hozirda, Donald Tramp har hafta AQŞ razvedka xizmati hisobotini olayotgani avval xabar qilingan edi.