AQShda Florida Markaziy universitetida (UCF) bir necha soniyada to‘la quvvatlanuvchi akkumulyator ishlab chiqishdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
U bergan ma'lumotga ko‘ra, batareya o‘z ish faoliyatini 30 ming sikl quvvatdan so‘ng ham saqlab qoladi.
Superbatareya o‘z elektr quvvatini yuza qismidagi maxsus qoplama yordamida saqlaydi. U odatiy litiy-ionli akkumulyatorlarlar singari kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi.
Superkondensatorli akkumulyatordan ayni damda tijoriy maqsadlarda foydalanib bo‘lmaydi. Nashrning yozishicha, dastlabki natijalar akkumulyatorning yorqin kelajagidan dalolat berib turibdi.