Angliya öquvçilari uçun smartfonlar taqiqlandi
Ötgan haftada Angliya hukumati maktablarda mobil telefondan foydalanişni taqiqlaş böyiça yöriqnoma e’lon qildi. Unga köra, maktablarda öquv kuni mobaynida, tanaffuslar vaqtida ham öquvçilarning telefondan foydalanişi mumkin emas.
Buning bilan hukumat öquvçilarga xalaqit beruvçi omillarni minimallaştirişni va sinfxonalarda öquvçilarning özini tutişini yaxşilaşni, onlayn bullingning oldini olişni reja qilgan.
Angliyada köp maktablarda smartfondan foydalaniş şundoq ham taqiqlangan, yangi özgariş buni yanada mustahkamlab beradi. Lekin hozirça taqiq qonunga kiritilmagan, qoidalar faqat smartfonlardan foydalanişni çeklaşni qanday amalga oşiriş kerakligi haqida yöriqnoma tarzida işlab çiqilgan.
Yöriqnomada telefonlardan xoli hududni qanday şakllantiriş haqida ma’lumotlar beriladi. Unga köra, bolalar telefonga egalik huquqini saqlab qolişi, ularni yonida olib yurişi mumkin. Lekin bu qat’iy şartlar asosida bölişi kerak. Telefonning borligi bilinmasligi, körinmasligi, ovozi çiqmasligi kerak.
Hukumat yöriqnomani e’lon qilişda yuqori sinf öquvçilari örtasida ötkazilgan sörovnomani ham keltirib ötgan. Unga köra, öquvçilarning 29 foizi köp yoki deyarli barça darsda telefondan foydalanişini bildirgan.
Angliya Maktab va kollej liderlari uyuşmasi yöriqnomadan köp narsa kutib bölmasligini aytmoqda. Sababi köp maktablar şu paytgaça ham allaqaçon smartfonlardan foydalanişni taqiqlab qöygandi.
Smartfonlarni taqiqlagan boşqa davlatlar
Mobil telefonlarni maktablarda taqiqlaş an’anasi endi boşlanayotgani yöq. Fransiya, Finlandiya, Xitoy, Italiya va Portugaliya kabi davlatlar allaqaçon telefonlar maktabdagi öquv jarayonlariga yordam bermasligi, aksinça, xalaqit qilişi borasida bir qarorga kelib bölgan.
Masalan, 2021 yilda Xitoyda öquvçilarning maktabga telefon olib borişi taqiqlangan. Olib borişsa ham, öquv kuni boşlanişidan oldin uni öqituvçiga topşirişadi.













