10:35 / 02.12.2016
7783
Final o‘rniga vidolashuv: «Atletiko Nasonal»ning 130 ming muxlisi «Shapekoense» xotirasini yodga oldi

1 dekabr kuni Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» klubi muxlislari stadion va atrof hududda yig‘ilib, aviahalokatda nobud bo‘lgan Braziliyaning «Shapekoense» futbolchilari xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Qayd etish kerakki, 1 dekabr kuni bu stadionda Sudamerikana kubogi finali o‘tkazilishi kerak edi. Unda «Atletiko Nasonal» va «Shapekoense» klubi kuch sinashishi kutilgandi.

Fox Sports xabariga ko‘ra, «Atanasio Xiradot» stadioni bu tadbirga yig‘ilgan muxlislarni o‘z bag‘riga sig‘dirolmadi. Medelin ma'muriyatining xabariga ko‘ra, shu kuni 130 ming nafar muxlis ko‘chalarga chiqqan.

Top