«Barselona» Joan Gamper kubogi uçun uçraşuvda «Şapekoense»ni yirik hisobda mağlub etdi. Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida keçgan bahs 5:0 hisobida yakunlandi.
Gollarni Xerard Deulofeu, Serxio Buskets, Lionel Messi, Luis Suares va Denis Suares kiritdi.
Uçraşuv «Şapekoense» jamoasining aviahalokatga uçragan sanaga bağişlandi. 2016 yilning 29 noyabr kuni Braziliya klubi a'zolari bölgan samolyot Medelinda halokatga uçragandi.
Eslatib ötamiz, Joan Gamper kubogi – har yili «Barselona» tomonidan taşkillaştiriluvçi örtoqlik musobaqasi. Sovrin «Barselona» asosçisi – afsonaviy prezidenti Joan Gamper şarafiga nomlangan.
Barselona Ispaniya – Şapekoense Braziliya – 5:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – Deulofeu (6), 2:0 – Buskets (11), 3:0 – Messi (28), 4:0 – Suares (54), 5:0 – D.Suares (74).
Barselona: Ter Stegen (Sillessen, 46), Pike (Marlon, 77), Umtiti (Maskerano, 61), Alba (Din, 77), Vidal (Semedu, 77), Buskets (Samper. 77), Rakitiç (Alenya, 77), Inesta (S.Roberto, 61), Messi (Munir, 77), Deulofeu (D.Suares, 46), Suares (Alkaser, 77).












