13:36 / 15.12.2016
16375

Dollar kursi jahon valyutalariga nisbatan 13 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

Foto: Getty Images

AQSh milliy valyutasi dollarning asosiy valyutalar savatchasiga nisbatan 13 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. AQSh FZT qayta moliyalash stavkasini ko‘targani bunga sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda CNBC.

Xususan, dollarning yevro, iyen, funt sterling, Kanada dollari, shved kronasi, shveysar frankiga nisbatan indeksi 0,5 foizga ko‘tarilib, 102,27 punktni ko‘rsatgan.  2003 yilda bu ko‘rsatkich 102,62 punktgacha ko‘tarilgan edi. 

AQSh FZT so‘nggi yilda ilk marotaba qayta moliyalash stavkasini 0,5–0,75 foizga oshirishga qaror qilgan edi. 

Top