Jahon moliya bozori köplab hodisalarga boy bölgan navbatdagi qaynoq haftani muvaffaqiyatli yakunladi. AQŞ inflatsiya ma’lumotlari haftaning muhim xabarlar ketma-ketligini boşlab berdi. Qayd etilişiça, yanvar oyidagi inflatsiya dekabrga nisbatan özgarişsiz qolib, 3,9 foizni taşkil etgan. Buning oqibatida AQŞ fond bozori indekslarini öşa kuni örtaça 2 foizdan köproq korreksiya qildi va hafta mobaynida yöqotilgan pozitsiyalarni tiklaş bilan ovora böldi. Dunyoning boşqa mintaqalarida, ya’ni Buyuk Britaniya va Yaponiyada ham muhim makroiqtisodiy ma’lumotlar (Yalpi içki mahsulot) e’lon qilindi. Bunga köra, ikkala mamlakatda IV çorakda YaIM salbiy körsatkiçni qayd etdi va Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 0,3 foiz, Yaponiya iqtisodiyoti esa 0,4 foizga qisqardi. Bu mamlakatlarning iqtisodiyoti III çorakda ham qisqargani tufayli rasmiy ravişda texnik retsessiyaga qadam qöyişdi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 12 fevraldan 16 fevralgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.   

AQŞ top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500: -0,42 foiz (yil boşidan +4,94 foiz);
  • NASDAQ: -1,54 foiz (yil boşidan +5,11 foiz);
  • DJI: -0,11 foiz (yil boşidan +2,49 foiz).

AQŞ fond indekslarining bir neça haftalik ketma-ket ösiş dinamikasi töxtadi. Hafta davomida Dow Jones, NASDAQ va S&P500 indekslari mos ravişda 44, 277 va 21 punktga pastladi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin: -0,55 foiz (yil boşidan -2,41 foiz);
  • Kumuş: +3,53 foiz (yil boşidan -1,42 foiz);
  • Alyuminiy: -0,02 foiz (yil boşidan -7,24 foiz);
  • Mis: +3,51 foiz (yil boşidan -1,64 foiz).

Qimmatbaho metallar esa yakunlangan haftada turli körsatkiçlarni qayd etişdi. Oltin va alyuminiy mos ravişda 11,1 va 0,5 dollarga pasaygan bölsa, kumuş va mis 0,8 va 0,13 dollarga öz qiymatini oşirdi.

Neft

  • WTI: +2,12 foiz (yil boşidan +9,63 foiz);
  • BRENT: +1,6 foiz (yil boşidan +8,02 foiz).

Yaqin Şarqda keskinlik fonida neft narxi oşdi. Xususan, mahsulotning WTI markasi 1,62 dollarga, BRENT esa 1,31 dollarga qimmatlaşdi.