11:08 / 16.12.2016
33406

Samarqand viloyatida un, shakar va yog‘ mahsulotlari uchun bir xil narxlar belgilangan

Samarqand viloyati hokimligi saytida har bir kishi boshiga ajratilgan me'yor asosida mahsulotlarga muayyan narxlar belgilangani xabar qilingan.

Ma'lum qilinishicha, 1 kg un — 1050 so‘m, 1 litr yog‘ — 5400 so‘m, 1 kg shakar — 4800 so‘m.

"Ammo o‘rganishlar bu borada ayrim muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu bois, viloyat hokimligi tomonidan mahalliy o‘simlik yog‘i, un va shakar mahsulotlarining barchaga bir xilda yetkazib berilishini yanada yaxshilash maqsadida iste'molchilardan bu borada taklif hamda fikr-mulohazalar bilan viloyat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining samgki@inbox.uz rasmiy elektron pochtasiga hamda 233-31-33; 233-73-54 telefon raqamlariga murojaat qilish so‘raladi", — deyilgan xabarda.

Top