Samarqand şahrida 32 yoşli ayol mast holatda bölgan turmuş örtoğining oyoq-qöllarini boğlab, ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati Aziz Obidov xabar berdi.

Jinoyatga qöl urgan ayol erkakning şar’iy nikoh asosida yaşab kelayotgan xotini bölgan va ular tez-tez janjallaşib turişgan. “Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada keltirilişiça, sudlanuvçi ayol janjallarga eri oxirgi paytlarda uyga pul olib kelmagani va uni boşqa erkaklar bilan gaplaşayotganlikda ayblab, raşk qilgani sabab bölganini ma’lum qilgan.

Uning aytişiça, fojia sodir bölgan kuni ham erkak ayolni urgan va öğlini öldiriş bilan qörqitgan. Şundan söng ayol köçaga çiqib spirtli içimlik olib kelib, turmuş örtoğiga içiş uçun beradi va tanişiga benzin buyurtma qiladi.

Benzin kelgaç, ayol uy içida mast holda yotgan erining oyoq-qöllarini boğlab, uning ustiga benzin quyib yoqib yuboradi. Yonayotgan erkakka qöşnilar yordam körsatişgan. Biroq u şifoxonada vafot etgan.

“Öğlimni öldiraman degani uçun bor-yöği 1,5 litr benzin tökdim va yoqdim", degan ayblanuvçi sud majlisida.

Sudlanuvçi ayol avvalroq qarindoşini piçoqlagani uçun sudlangan va jazo muddatini ötab çiqqan bölgan.

Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida bölib ötgan sud majlisida ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “v” (aybdorga ayon bölgan ojiz ahvoldagi şaxsni öldiriş), “d” (boşqa şaxslarning hayoti uçun xavfli bölgan usulda) va “j” (öta şafqatsizlik bilan) bandlari bilan aybli deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.