00:32 / 19.12.2016
5871

New York Times: Obama rossiyalik xakerlar hujumiga qarshi taklif qilingan choralarning birortasini qabul qilmagan

AQSh prezidenti Barak Obama Demokratik partiya serverlariga buzib kirilishga qarshi Rossiyaga nisbatan javob choralarini rejalashtirish vaqtida unga taklif qilingan qarshi choralarning hammasini samarasiz deb baholab, qabul qilmadi. AQSh aynan shuning uchun ham hujumlarga hech qanday javob bermagan. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda. 

16 dekabrda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori, Obama ma'muriyatida maxsus xizmat boshlig‘i David Petreus Garvarddagi nutqida javob choralariga izoh berib o‘tdi. Petreus AQSh kiberarmiyasi uning harakatlari nafaqat munosib, balki raqibning kiberhujumlariga chek qo‘yishi uchun qanchalik maxfiy va qanchalik ziyon yetkazuvchi bo‘lishi kerakligi haqida savol bilan yuzlandi.

Obamaga taklif qilingan choralardan birida Putinning yirik oligarxlar bilan aloqasi borligi haqidagi axborotni fosh qilish g‘oyasi bo‘lgan. Bu taklifdan bunday ma'lumotlar rossiyaliklarni hayratlantirmasligi sababli voz kechilgan.

AQSh MXA va kibernetik qo‘mondonligi boshqa g‘oyalarni ham o‘ylab topgan, misol uchun, rossiyalik xakerlar o‘z "o‘ljalari" ortidan kuzatuv olib borishda qo‘llaydigan vositalarni fosh qilishni taklif qilgan. Ammo bu vaziyatda amerikaliklarning o‘zi qo‘llaydigan usul va vositalar fosh bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun bu g‘oya ham Pentagon tomondan rad etilgan..

Hozircha ikkita asosiy taklif saqlanib qolmoqda: birinchisi – Putin safdoshlarini ularning Yevropa va Osiyodagi maxfiy bank hisobraqamlaridan mahrum qilish, ikkinchisi – sanksiyalar yordamida Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi xodimlari uchun xalqaro sayohatlarni taqiqlashga erishish. Aynan razvedka boshqarmasi Demokratik partiya kompyuterlariga buzib kirgan va o‘g‘irlangan xatlarni Wikileaks’ga bergan.

Obama yordamchilaridan birining yaqinda ta'kidlashicha, agar bildirilgan takliflar samaraliroq bo‘lganda, Obama allaqachon harakat qilayotgan bo‘lardi. Bundan tashqari, Obamaning atrofidagilar kiberixtilof avj oladigan bo‘lsa, Rossiya o‘zini qanday tutishi va AQSh bu ixtilofdan g‘olib bo‘lib chiqa olishi borasida oldindan hech narsa ayta olmaydilar.

 

Top