17:17 / 24.12.2016
25258
Almazbek Atambayev «Man Auto-Uzbekistan» zavodiga tashrif buyurdi
Foto: Prezident.kg

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birga Jomboy tumanidagi «Man Auto-Uzbekistan» zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda, Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Davlat rahbarlari ushbu tashrif chog‘ida o‘zbek-german qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishgan hamda ushbu zavodda ishlab chiqarilayotgan texnika namunalarini ko‘rishgan. 

Prezident Almazbek Atambayev va Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan xalq iste'moli mollari, tekstil va avtomobil sanoati mahsulotlari yarmarkasiga ham tashrif buyurishgan. 

Foto: Prezident.kg
Foto: Prezident.kg
Foto: Prezident.kg
Foto: Prezident.kg
Foto: Prezident.kg
Top