20:41 / 27.12.2016
6531

Rasmiy Islomobod Pokiston va Hindistonning ShHT a'zosi bo‘lishi tarafdori

Foto: © Flickr/ Muzaffar Bukhari

Rasmiy Islomobod ma'muriyati Pokiston va Hindiston Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘laqonli a'zosi bo‘lish tarafdori ekanini ma'lum qildi. Xavfsizlik masalalari bo‘yicha samaraliroq faoliyat yuritish uchun shunday bo‘lishi kerak, degan Pokiston TIV rahbari birinchi o‘rinbosari Ayzaz Ahmad Chodri "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

"Biz, ushbu yo‘nalishda (xavfsizlik) diqqatni jamlash uchun Pokiston va Hindiston ShHTning to‘laqonli a'zosi bo‘lganida juda xursand bo‘lar edik", — degan Chodri xavfsizlik masalalari bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishga oid savolga javob berar ekan. 

2001 yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a'zodir. 


 

Top