08:08 / 27.12.2016
12520

Video: Archa osmonga parvoz qildi

FliteTest kanalidan amerikalik muhandislar internetda antiqa rolikni joylashtirishdi. Unda Yangi yil ramzi bo‘lgan archa noodatiy alfozda namoyon bo‘ldi. O‘rmonda o‘sadigan va maxsus transport vositalari yordamida tashiladigan archa birdaniga havoga parvoz qildi.
  
Videoda bayramona bezatilgan archa qolgan archalar ustida parvoz qila boshlaganini ko‘rish mumkin. Videodan ko‘rinishicha, muhandislar archani dron yordamida havoga ko‘tarishgan. Bu juda ham o‘ziga xos va yorqin chiqqan.

Uchar archa bilan tajriba yakunlanmagan. Muhandislar tomoshabinlarga drondan sovg‘alarni tashish uchun qanday foydalanish mumkinligini ham namoyish qilishgan.

Mavzuga oid
Top