8 aprel, duşanba kuni Rossiya tomonidan tayinlangan «stansiya ma’muriyati» vakillarining ma’lum qilişiça, Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) oltinçi energetika bloki tomiga dron parçalari tuşib ketgan. Avvalgidek, ular hujumda Ukraina Qurolli kuçlari (UQK)ni aybladi. 

«UQK tomonidan Zaporijjya AESni öqqa tutişga urinişlar davom etmoqda. Bugun stansiya ustida kamikadze-dron urib tuşirildi. U 6-energoblok tomiga quladi», - deya «Interfaks» agentligi ZAES «rahbariyati» xabaridan iqtibos keltiradi. Qayd etilişiça, atom elektr stansiyasida «xavfsizlik çegaralarini buziş» tahdidi qayd etilmagan. 

Xabar e’lon qilingan paytda AEXA ZAESdagi yangi hodisaga hali izoh bermagan edi. Rossiya harbiylari 2022 yil mart oyi boşida Zaporijjya atom elektr stansiyasini egallab oldi. Uşbu strategik obekt bir neça bor öqqa tutilgan. 

AEXA ZAES hududida dron portlaganini tasdiqladi 

Zaporijjya atom elektr stansiyasi hududida dron portlaşi 2022 yil noyabr oyidan beri birinçi marta stansiyaning asosiy yadro reaktori himoya qobiğiga zarar yetkazdi. Bu haqda kuni keça Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) boş direktori Rafael Grossi X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. Unga köra, reaktor himoya qobiğiga kamida 3 ta zarba bölgan. Grossi, şuningdek, hodisa Zaporijjya AESda «yadro xavfsizligiga tahdidlarning jiddiy kuçayişi» ekanligini ta’kidladi. «Bunday ehtiyotsiz hujumlar yirik yadroviy avariya xavfini sezilarli darajada oşiradi va zudlik bilan töxtatilişi kerak», — dedi u.

Zaporijjya AES hududida uçuvçisiz uçoq portlagandan söng, stansiya rahbariyati UQKni 6-energoblok gumbaziga hujum qilganlikda aybladi. Unga köra, «heç qanday jiddiy zarar yoki qurbonlar yöq», biroq bir neçta dronlar bölgani taxmin qilinmoqda: bitta apparat oşxona yaqinida qulab, oziq-ovqat olib ketayotgan yuk maşinasiga zarar yetkazgan, yana bir UUA yuk porti yaqinida qulagan. Zaporijjya AES «boşqaruvi» ma’lumotlariga köra, hujumdan 20 daqiqa oldin AEXA mutaxassislari stansiya hududiga rejalaştirilgan ekskursiyani amalga oşirgan. 

Bunga javoban Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi («GUR») vakili Andrey Yusov hodisada Rossiya qöşinlarini ayblab, dron zarbasini «imitatsion» deb atadi. 

Vazir Galuşçenko: «Yadroviy hodisa» haqiqatdir 

6 aprel kuni DW naşriga bergan intervyusida Galuşçenko Rossiya tomonidan egallab olingan ZAESda Ukraina energetika infratuzilmasiga qilingan hujumlar tufayli favqulodda vaziyat yuzaga kelişi xavfi haqida ogohlantirdi. «Yana qança blekautlarni (yadroviy hodisadan oldin) kutişimiz kerak? Töqqiztami? Öntami? Ön beşmi? Yigirmatami? Bu avariya sodir bölişi - faqat vaqt masalasi», - deydi u.