Özbekiston içki işlar organlarida tizim xodimlariga yengillik yaratiş maqsadida uçuvçisiz uçiş qurilmalari joriy qilinmoqda.
Uşbu qurilma IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot oliş va qisqa fursatlarda bartaraf etiş imkonini beradi, vaqtni va resurslarni tejaydi, xarajatlarni kamaytiradi.
IIV Axborot texnologiyalari böyiça bölim boşliği Şohrux Muxtorovning sözlariga köra, vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan hududlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, yöl-patrul xizmati inspektorlari, şuningdek, içki işlar organlarining boşqa sohaviy xizmatlari xodimlarini öqitiş böyiça işçi guruhlari tuzilgan.
Qayd etilişiça, içki işlar xodimlarini dronlardan foydalanişga öqitişda hududda köngilsiz hodisalarning oldini oliş, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş, yöl harakati xavfsizligi ta’minlaşda tirbandliklarni bartaraf etiş, mahallalarda kriminogen vaziyatdan tezkor xabardor böliş kabi salbiy xatti-harakatlarga qarşi kuraşiş asosiy tamoyillar sifatida belgilab olingan.
Şohrux Muxtorovning sözlariga qaraganda, yöl harakati xavfsizligi tizimida uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş yuqori samara beradi. Xususan, yöl-transport hodisalari, yöllarda qoidabuzarliklarni aniqlaş, qidiruv-qutqaruv, olib qoçilgan va öğirlangan avtomobillarni topiş imkoniyatini beradi.

















