09:48 / 30.12.2016
13264

Kremlda AQSh sanksiyalariga tegishli tartibda javob qaytarilishi ma'lum qilindi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh tomonidan payshanba kuni Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga qanday javob qaytarilishi borasida hozircha hech narsa deya olmasligini ma'lum qildi. Biroq, uning xabar berishicha, ular albatta amalga oshiriladi.

"Hozircha javob qanday bo‘lishi haqida biron narsa deya olmayman. Albatta tegishli javob qaytariladi. Bu javob Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan belgilab berilgan yo‘nalishda bo‘ladi", - deya ma'lum qildi Peskov jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiya tomonining javobi amerikaga "jiddiy noqulaylik" keltirib chiqaradi.

"Bu borada tezkorlik bilan javob qaytarish ehtiyoji yo‘q. Nima bo‘lganda taqdirda ham bunday qadamlar Rossiya prezidenti tomonidan qabul qilinadi", - qo‘shimcha qildi Peskov.

Prezident matbuot kotibi Moskva Vashingtonning bunday qaroridan afsusda ekanini ham ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh payshanba kuni Rossiya razvedka xizmatlari va bir qator jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalarni kiritdi. Ular "saylovlarga aralashganlikda" ayblandi hamda mamlakatdan 35 rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishi haqida ma'lum qilindi. Prezident Barak Obama ularni "rossiya razvedkasi xizmatchilari" deb atagan. 

Mavzuga oid
Top