23 aprel, seşanba kuni Moskvadagi apellyatsiya sudi josuslikda ayblangan The Wall Street Journal gazetasi amerikalik jurnalisti Evan Gerşkoviçni hibsga oliş muddatini 30 iyungaça uzaytirişga qarşi apellyatsiyasini rad etdi, deb xabar berdi AFP. 

«Birinçi apellyatsiya sudi 2024 yil 26 martdagi ehtiyot çorasini uzaytiriş töğrisidagi qarorni özgarişsiz qoldiriş haqida qaror çiqardi», — dedi sudya Aleksandr Puşkin. Şu tariqa, Gerşkoviç 30 iyunga qadar tergov izolyatorida qoladi. Uçraşuv çoğida Gerşkoviç AFP muxbiri uning hol-ahvolini söraganida, tabassum qildi va boş barmoğini körsatdi, deb yozadi agentlik. 

Evan Gerşkoviç işi

The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç 2023 yilning 29 martida Yekaterinburgda qölga olingan va keyinçalik josuslikda ayblangan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, jurnalist «Amerika tomonining körsatmalariga binoan Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan biri faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan». Gerşkoviçning özi ham, naşr ham ayblovlarni rad etadi. Oq uy ularni «bema’ni» deb atadi. 

AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken «Qöşma Ştatlar Evan Gerşkoviçni vataniga qaytarişga sodiqligini» ta’kidladi. «Bugungaça Rossiya oddiy sababga köra qonunbuzarlik haqida heç qanday dalil keltirmadi: Evan heç narsa qilmagan», - deyiladi AQŞ Davlat departamenti bayonotida.

«Biz Rossiyaning amerikaliklardan savdolaşiş vositasi sifatida foydalanişga bölgan dahşatli urinişlarini qoralaşda davom etamiz va bunday urinişlarni jazolaşda davom etamiz. Erkin jamiyatning ustunlari - matbuot va jurnalistlarga hujum qiliş yoki ta’qib etişga intilayotgan har qanday şaxsga keskin qarşilik körsatişda davom etamiz», - dedi AQŞ prezident Jo Bayden Gerşkoviç işiga izoh berib.

Gerşkoviçni Vadim Krasikovga almaştiriş muhokamasi 

Joriy yilning fevral oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyuda amerikalik jurnalist Taker Karlson unga Gerşkoviçni «yaxşi niyat belgisi sifatida» ozod qilişni taklif etdi, şunda Karlson uni Qöşma Ştatlarga olib ketişi mumkin bölardi. Bunga javoban Putinning aytişiça, Rossiya şunçalik köp xayrixohlik körsatganki, u «barça limitni tugatganga öxşaydi». Şunga qaramay, Putin Gerşkoviçni almaşiş variantini rad etmadi.